Kelsin-ozbekcha Şiiri - Zeki Dengiz

Zeki Dengiz
24

ŞİİR


1

TAKİPÇİ

Kelsin-ozbekcha

Bir faqir bandaman, ko’ngilda armon,
Ko’ngli keng bo’lganlar marhamat qilsin.
Bir mening ta’limga kuchim yetmaydi,
Qalbida ansorlik bo’lganlar kelsin.

Ba’zida qulog’im ochdir ma’noga,
Tilida zikr so’z bo’lganlar kelsin.
Ba’zida yuragim aytar so’zini
Suhbatga qulog’i tashna eshitsin.

Imtihon dunyosi, nasihat bir farz,
Tafakkurga vaqti bo’lgan do’stlarim kelsin.
Bir ojiz bandamiz, amal hech yetmaz
Amalga, yordamga kuchi bor kelsin.

Qancha amal qilsak baribir yetmaydi,
Nafsimiz shaytondan hech qaytolmaydi,
Imon muhabbati xaqiqiy najot,
Ko’nglida sevgisi bo’lganlar kelsin.

Xaq uchun yaxshi ko’r, Xaq deb dushman bo’l,
Hikmatni ko’rmasak hamma dil har xil,
Barcha amalini o’z uchun qilar,
Imon do’stligini bilganlar kelsin.

Ustoz yo’q, murshid yo’q, shogird yo’q bizda,
Tilida Xaq bo’lgan boshlasin so’zni,
Bir-birimiz uchun guvoh bo’lamiz
Rasul ummatidan bo’lganlar kelsin.

Ilmiga suyangan adashib qolar,
Amalga ishongan undan ham battar,
Xaqdanda boshqa eshigimiz yoq,
Allohdan umidi bo’lganlar kelsin.

Tog’larning uzr deb kechgan da’vosi,
Albat arzon emas jannat bahosi,
Odamga og’ir yuk bo’lsa orzusi,
Nafsida ayblar topganlar kelsin.

Hech qachon o’zini ko’rolmaydi ko’z,
Aytilsa orqaga qaytolmaydi so’z,
Mo’minga oynadir din birodari,
Do’stida o’zini ko’rganlar kelsin.

Odamzod vaqtini isrofga berdi,
Oz bir darmoniga tog’ kabi dardi,
Men kabi o’tmishga qarzdor bo’lganlar,
Tavbaga niyati bo’lganlar kelsin.

Hammaning ko’nglini ochmaydi Alloh,
Yaxshilik hammaning boyligi emas,
Do’stning qarzi bo’lar do’stini isloh,
Muhtojga duosi bor bo’lgan kelsin.

Batmaniyman, ko’p gapirdim, so’zladim,
Ko’ngil rubobimni Haqqa sozladim,
Bir kamtar odamman go’shtu suyakdan,
Odamga hurmati bo’lganlar kelsin

Zeki Dengiz
Kayıt Tarihi : 6.12.2018 04:02:00
Yıldız Yıldız Yıldız Yıldız Yıldız Şiiri Değerlendir
Hikayesi:


Manevi otirishimizga da'vat qilgish uchun yozildi

Yorumunuz 5 dakika içinde sitede görüntülenecektir.

Bu şiire henüz hiç kimse yorum yapmadı. İlk yorum yapan sen ol!

Zeki Dengiz